Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQShda o‘smir qiz akula hujumidan so‘ng qo‘li va oyog‘idan ayrildi
🔹 Hamas vakillari AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga “ijobiy” javob berganliklarini ma’lum qilishdi. Baydenning rejasi Isroil bilan kelishuvga erishish uchun "keng yo‘l" ochadi, degan HAMAS vakili. Isroil rasmiylari HAMAS Baydenning rejasini, jumladan “garovga olinganlarni ozod qilishni rad etgani haqida aytmoqda. Reuters qayd etishicha, na HAMAS, na Isroil AQSh prezidenti rejasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirmagan.
🔹 Bugun Yerevan politsiyasi parlament binosiga o‘z kuchlarini to‘plamoqda. Muxolifat yo‘lboshchisi Bagrat Galstanyan o‘z tarafdorlarini Armaniston Milliy assambleyasi oldiga yig‘ilishga chaqirgan. Armanistonda mitinglar bir necha oydan beri davom etmoqda: bunga hukumatning bir nechta qishloqlarni Ozarbayjonning rasmiy nazoratiga o‘tkazish haqidagi qarori sabab bo‘ldi. Avvalroq Galstanyan bosh vazir Nikol Pashinyanni iste’foga chiqishga chaqirgandi.
🔹 Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan mamlakatlar va tashkilotlar soni 93 tadan 78 taga kamaydi, deya xabar bermoqda OAV. Hammasi bo‘lib 160 dan ortiq taklifnomalar yuborilgan.
🔹 Yevropada anomal ob-havo: Turkiyada kuchli jazirama kuzatilmoqda, havo harorati mavsumdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 8-12 daraja yuqori. Kiprning Pafos hududidagi yong‘indan keyin 3 ta qishloq evakuatsiya qilingan. Ispaniya Mursiyasida "sariq" ogohlantirish belgilangan va Mallorka orolidagi aeroport faoliyatini to‘xtatgan.
🔹 Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z Telegram-kanalida joylagan animatsion otkritkada Rossiya xaritasi bo‘lib, unda Rossiya bayrog‘ining ranglari zamonaviy Ukraina hududi bo‘ylab ham o‘tgan. Medvedev ko‘pincha Ukraina davlatchiligini yo‘qotganiga ishora qiladi va uni "sobiq Ukraina" yoki "404 mamlakat" deb ataydi.
🔹 Qozog‘istonga 200 yil ichida birinchi marta yovvoyi otlar qaytib keldi. “Yovvoyi otlarning qaytishi” - reintroduksiya loyihasi doirasida so‘nggi 200 yil ichida birinchi marta sakkizta yovvoyi Prjevalskiy oti yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Insoniyat tarixida birinchi marta ot Qozog‘iston hududida qo‘lga o‘rgatilgan deb tan olingan. Bu taxminan 5,5 ming yil oldin sodir bo‘lgan.
🔹 Rossiyaning Dog‘iston muxtor respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 127 kishi ifloslangan suv tufayli o‘tkir ichak infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
🔹 Britaniyalik olimlar Marsga odamning missiyasini amalga oshirishning hozircha mumkin emasligi sababini aytdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kosmik nurlanish ta’siri kosmik kema ekipajlarining ichki organlariga qaytarilmas darajada zarar yetkazadi. Marsga uch yillik parvoz vaqtida har qanday odamning buyragi tuzatib bo‘lmaydigan darajada shikastlanib, 2,5 yil ichida ishdan chiqishi mumkin.
🔹 AQShning Florida qirg‘oqlarida akula hujumi oqibatida bir necha kishi jarohat oldi, bir o‘smir qiz qo‘li va oyog‘idan ayrildi. Dastlab akula 45 yoshli ayolga hujum qilgan, u qo‘lidan ayrilgan va qornidan og‘ir jarohat olgan.