Xorijda 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olgan. Ulardan uch nafari vafot etgan
- 07.04.2020 15:17
- 266
- Xorij
Bugun AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari chet el davlatlarida 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi COVID-19 yuqtirib olganini ma’lum qildi:
Avstriya (1),
Armaniston (1),
AQSh (10),
BAA (1),
Koreya Respublikasi (1),
Pokiston (5),
Rossiya (1),
Tailand (1),
Qozog‘istonda (2)
"Xorijda 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan. Ulardan 3 nafari vafot etgan”, dedi u.
Diplomatik vakolatxonalarimiz ushbu fuqarolarimiz va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa