Xorijda ishlab chiqarilgan hujjatsiz televizorlar manziliga yetolmadi
- 09.10.2020 13:56
- 102
- Samarqand
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hamda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro A.B. boshqaruvidagi “KIA BONGO” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida chet elda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 70 million so‘m bo‘lgan televizor tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu televizor tovarlari yakuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olingan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa