Xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
- 13.09.2019 10:09
- 88
- O‘zbekiston
Bojxona organlari tomonidan xorijiy valyutalarni yashirin yo‘llar bilan olib chiqishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona postidan qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro K.M. «qizil» yo‘lakdan harakatlanar ekan, bojxonachilar e’tiborini tortdi va belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada fuqaroning yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 550 AQSh dollari, 82 200 qozoq tengesi, 10 000 Rossiya rubli va 80 Yevro borligi aniqlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa