XTV: 2-toifa uchun o‘tkaziladigan attestatsiya qishki ta’til kunlariga ko‘chirildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2019 yilning 16-19 dekabr kunlari hududlarda ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagoglar uchun o‘tkazilishi belgilangan ixtiyoriy test sinovlari qishki ta’til paytiga ko‘chirildi.

Vazirlik buning sababini rejadan ortiq o‘qituvchilar test topshirishga kelgani, bu o‘z navbatida, maktablardagi dars jarayoniga ta’sir qilgani, testlarni yuqori darajada shaffof va adolatli tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar hamda pedagoglarning testga tayyorlanishi uchun  qo‘shimcha vaqt berilganligi bilan izohlaydi.