XXR Bosh vaziri mamlakatda COVID-19 epidemiyasi davom etayotganini ma’lum qildi

Xitoyda koronavirus infeksiyasi epidemiyasi hali ham tugamadi, deb ta’kidladi XXR Davlat kengashi vaziri Li Kesyan har yili Pekinda o‘tkaziladigan sessiya yig‘ilishidagi hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlar bayonoti bo‘yicha qilgan chiqishida.

“Xitoy xalqining mehnatsevarligi va fidokorligi sababli biz COVID-19 ga javob qaytarish yo‘lida o‘lkan strategik yutuqlarga erishdik. Ayni vaqtda epidemiya hali ham tugagani yo‘q. Shu sababli oldimizda o‘lkan vazifalar turibdi. Biz virus oqibatidagi yo‘qotishlarni yanada kamaytirish maqsadida qo‘llayotgan sa’y-harakatlarimizni ikki barobar oshirishimiz kerak va joriy yilda maqsad qilingan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishimiz lozim”, deya ta’kidladi u.

Li Kesyan koronavirus infeksiyasi Xitoy duch kelgan, sog‘liqni saqlash sohasidagi eng tez tarqaluvchi, eng o‘lkan va eng og‘ir favqulodda vaziyat bo‘lganini alohida aytib o‘tdi.