Yana bir "minalangan" samolyot shoshilinch ravishda Berlin-Brandenburg aeroportiga qo‘ndi

Ryanair Yevropa reysi minalangani haqidagi yolg‘on xabar tufayli to‘xtatildi. Dublindan Krakovga yo‘l olgan samolyot shoshilinch ravishda Berlin-Brandenburg aeroportiga qo‘ndi, deya xabar bermoqda « Agence France-Presse».

Qayd etilishicha, ekipajning o‘zi qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Samolyot bortida 160 kishi bo‘lgan.

Agentlik politsiya vakilining laynerni favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qilish bo‘linmalari qanday kutib olganligi haqida aytganlarini keltiradi. Yong‘in guruhlari va politsiya mashinalari samolyotga tortildi. Bagajlar aerodrom maydoniga tushirildi, u yerda narsalar kinologlar tomonidan tekshirildi.

Politsiyaning ta’kidlashicha, odamlar hayotiga tahdid bo‘lmagan. Yo‘lovchilar terminalga olib ketilgan va ularga oziq-ovqat tarqatilgan. Barcha tekshiruvlardan so‘ng ular boshqa samolyotda Krakovga uchgan.

Ma’lumki, 23 may kuni Ryanair Afina-Vilnyus reysining Minskga qaytishida aynan samolyot minalangani haqidagi xabar sabab bo‘lgan edi. Samolyot bortida «Nexta» jurnalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich bo‘lgan. U ushbu operatsiya natijasida hibsga olingan. Aviakompaniya va Yevropa Ittifoqi Belarus hukumatiini samolyotni olib qochganlikda ayblamoqda. Rasmiy Minsk faqatgina barcha aviatsiya xavfsizligi protokollariga amal qilganini va ekipaj favqulodda qo‘nish uchun aeroportni mustaqil ravishda tanlaganini ta’kidlamoqda.