Yangasining "ko‘zi" bilan mutolaa qilgan qiz eng faol kitobxon bo‘ldi
- 02.12.2019 09:10
- 189
- Ta’lim
Respublika markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi tashabbusi bilan “Eng faol kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning hal qiluvchi bosqichida brayl yozuvini o‘zlashtirgan, imkoniyati cheklangan 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar kitobxon ishtirok etdi.
Tanlovda SamDChTI talabasi, jizzaxlik Farida Hamidova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Kitobga mehrim boshqacha, - deydi F.Hamidova. - Tanlovda g‘olib bo‘lishimda yangam Nafisa Hamidovaning katta hissasi bor. U kishining ko‘zi bilan ko‘p kitob o‘qidim. Audio va brayl yozuvida topilmaydigan asarlarni yangam erinmasdan o‘qib berardi.
Tanlovda ikkinchi o‘rin xorazmlik Hilola Yo‘ldoshevaga nasib etdi. Buxorolik O‘g‘iljon Beshimova esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
To‘lqin SIDDIQOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa