Yangi avtomobillarni xaridorlarga berish vaqtinchalik to‘xtatiladi

“UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarining inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan 2019 yilning 23 dekabridan 25 dekabrigacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berish vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabarnoma berilgan.

Shu bilan birga inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi.

Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib borishi haqida ma’lum qilgan.