Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari!
Toyloq tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.
Tadbirda dastlab O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi Murodulla Xolmuxamedov barcha yig‘ilganlarni Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda barcha partiya a’zolarini faollikka chorladi.
Ta’kidlash lozimki, o‘tgan davr mobaynida 202,5 ming nafar aholiga ega Toyloq tumanida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyoti sabzavotchilik, bog‘dorchilik hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanda yirik sanoat korxonalar (soni 1 taga), qo‘shma korxonalar 15 taga, kichik sanoat korxonalari 357 taga, kichik biznes sub’yektlari soni 236 taga ko‘paydi. Tumanda eksport hajmi 7,9 mln. dollarni, hududiy eksport ko‘rsatkichi 7,1 mln. dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Mardon Mavlonov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari va viloyatdagi taniqli san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlar kayfiyatini ko‘tardi.
Nasiba Mo‘minova,
O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri.