“Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” milliy aksiyasini o‘tkazish taklif etilmoqda

Joriy yilning 14 dekabr kuni respublikaning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik uchun ommaviy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Unda taniqlik insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida axborotlar beriladi, musiqiy dasturlar va turli viktorinalar o‘tkaziladi. Saylovlar haqida barcha ma’lumotlar sodda va tushunarli tilda aholiga yetkaziladi. Tadbir jarayonlari OAV va blogerlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritilishi mumkin.

“Yuksalish” umummilliy harakati barcha takliflar uchun ochiq. Hozirda aksiya formati ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes vakillari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlarini hamkorlikka chorlaymiz.

Tadbirlarni yanada samarali o‘tkazish bo‘yicha fikr va takliflarni “Yuksalish” UMH hududiy bo‘linmalari yoki markaziy ofisiga taqdim qilishingiz mumkin.