Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada atrof-muhit muhofazasiga oid eng muhim yangiliklardan xabardormisiz?

➖ “Ekologik huquq” tushunchasi ilk bor bob darajasida kiritilmoqda;

➖ Har kimning qulay atrof-muhitda yashash, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqi belgilanmoqda;

➖ Davlat shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi hamda shaharlarning bosh rejalari xalqimiz bilan bamaslahat ishlab chiqilib jamoatchilik muhokamasidan majburiy o‘tkazilishi huquqi joriy etilmoqda;

➖ Davlat Orolbo‘yi mintaqasi aholisi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlash majburiyatini olmoqda;

➖ Tabiiy meros ob’yektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish tartibi o‘rnatilmoqda;

Umuman olganda, atrof-muhit muhofazasiga oid davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlari 3,5 barobarga, ya’ni 4 tadan 14 taga oshmoqda.

O‘.Sobirov, Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i.