Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

2017 yildan dam olish kunlarini tartibga solish an’anasi boshlangandi. Natijada o‘tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olishgan edi.

Joriy yilgi tartibga ko‘ra, oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo‘lmaydi, 3 kun ketma-ket bo‘ladi, xolos. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida ma’lum qildi.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

31 dekabr – seshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – payshanba (ko‘chirilgan dam olish kuni);
Izoh: 28 dekabr (shanba) hamda 4 yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami);
2 yanvar – payshanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
Izoh: 30 va 31 dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Quyidagi suratda yangi yil bayrami arafasidagi ish va dam olish kunlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.