Yaponiya parlamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida qonun qabul qildi, Rossiyadan Yaponiyaga 38 xil tovar olib kirish ta’qiqlandi

Yaponiya parlamentining yuqori palatasi quyi palata ortidan Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni belgilovchi qonun qabul qildi. 

Xususan, Rossiyadan dengiz mahsulotlari uchun bojxona tariflari kelasi yilning mart oyi oxirigacha oshiriladi. Rossiyadan baliq va dengiz mahsulotlari importi bo‘yicha tariflarning oshishi Yaponiyaning Rossiyani eng qulay davlat rejimi ro‘yxatidan chiqarib tashlashi bilan bog‘liq.

Mamlakat 300 dan ortiq tovar, jumladan yarimo‘tkazgichlar, radarlar, sensorlar, lazerlar va boshqa jihozlar, shuningdek, qimmatbaho avtomobil va hashamatli tovarlar eksport qilishni taqiqladi.

Yaponiya bosh vaziri Rossiyaning energiya resurslariga qaramligini kamaytirishga, xususan, ko‘mir importini bosqichma-bosqich kamaytirishga va’da berdi.

Shuningdek, Rossiyadan 38 turdagi tovarlar - shpon, yog‘och chiplari, avtomobil va mototsikllar, pivo, vino, aroq va boshqalarni olib kirishni taqiqladi.

Bugun Yaponiya tomonidan mamlakatdan chiqarib yuborilishi e’lon qilingan Rossiya diplomatlari va savdo missiyasi xodimlari bo‘lgan "Rossiya" aviakompaniyasi samolyoti Tokiodan havoga ko‘tarildi. NHK Xaneda aeroportidan jonli efirda uzatdi.

Aprel oyi boshida Yaponiya sakkiz nafar rossiyalik diplomat va savdo missiyasi a’zolari chiqarib yuborilganini e’lon qildi.