Yaponiyada to‘fon tufayli 72 ming kishi evakuatsiya qilindi

Yaponiyada “Meari” to‘foni yaqinlashayotgani munosabati bilan Shidzuoka prefekturasida 72 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilinishiga buyruq berildi, deb xabar bermoqda Kiodo axborot agentligi.

Juma kuni Yaponiya janubida “aks-sado” degan ma’noni anglatuvchi “Meari” to‘foni sodir bo‘ldi. Bugun kunning ikkinchi yarmida uning Yaponiyaning Tinch okeani sohillariga tushishi kutilmoqda. Birinchi zarba Sidzuoka prefekturasi berilishi mumkin.

Ayni damda to‘fon Sidzuokadan 200 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, shimolga soatiga 20 kilometr tezlikda harakatlanmoqda.