Yaqin kunlarda Rossiyadan 8,5 ming fuqaro poyezdlarda olib kelinadi

Rossiyaning Volgograd viloyati Voljskiy shahridan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida poyezdlar soni to‘qqiztaga yetkazilib, joriy yil oktyabr oxiri va noyabr boshida 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlikni olib kelish rejalashtirilmoqda.

Poyezdlar «Voljskiy» bekatidan 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31 oktyabr hamda 1 va 2 noyabr kunlari “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida Rossiya vaqti bilan soat 21:57 da qatnovni boshlaydi.

Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 tadan vagon bo‘lib, ular Rossiya hududi bo‘ylab to‘xtamasdan harakat qiladi. Chiptalar sotuvda mavjud.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.