Yarmarkada go‘sht 50 ming so‘mdan sotilmoqda
- 18.10.2020 09:55
- 339
- Samarqand
Xabar berganimizdek, viloyat hokimi E.Turdimov keng jamoatchilik vakillari bilan birga Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi yarmarkasida bo‘ldi va savdo-sotiq borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Yarmarkaning maqsadi bayram arafasida aholiga arzon narxlarda mahsulotlarni sotish, - dedi viloyat hokimi. - Bu yerga keltirilgan mahsulotlar ko‘rgazma uchun, nomigagina emas, aholining ehtiyojiga qarab sotilishi kerak. Ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan tadbirkor, fermer va tuman hokimlariga chora ko‘riladi.
Yarmarkada go‘sht narxi 55 ming so‘m edi. Kuni kecha shu narxda 3,5 tonna go‘sht sotilgan. Bugun viloyat hokimi tashabbusi bilan bir kun, ya’ni shahar kunida 50 ming so‘mdan sotiladigan bo‘ldi. Bugun aholiga kamida 10 tonna go‘sht sotilishi rejalashtirilgan.