"Yashil" hududdan "sariq" hududga o‘tish mumkinmi?

- Respublika komissiyasi tomonidan belgilab berilgan “yashil” toifadagi viloyatdan “sariq” toifadagi viloyatga o‘tish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday talablari bor?

AOKA shtabiga kelib tushgan savolga IIV matbuot kotibi Shohruh Giyasov quyidagicha javob berdi:

- Respublika maxsus komissiyasining tegishli bayoni qaroriga muvofiq, viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar o‘z kuchidadir. Xususan, doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda “qizil” toifaga kiruvchi hududlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlariga mazkur hududga kirish va chiqish mumkin.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.