Yashil hududlardagi masjidlarda tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi
Xabaringiz 2020 yil 5 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonoti hamda masjid ish faoliyatini sanitariya-epidemiologiya qoidalarga muvofiq yuritish va fuqarolarning masjidlardagi ibodatlarini ado etish uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i e’lon qilingan edi.
Unda 2020 yilning 08 iyun kunidan boshlab Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanish saqlangan, fuqarolar orasidagi masofa 1,5-2 metr etib belgilangan holda ado etilishiga ruxsat berilishi hamda 5-7 iyun kunlari davomida masjidlar faoliyatini karantin davrida tashkil etish bo‘yicha tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tilgan edi. Ushbu buyruq ijrosi yuzasidan bugun viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov viloyatdagi “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan hududlarga tashrif buyurib, maksjidlar tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirmoqda. Tashrif davomida Z.Eshonqulov joylardagi imom-xatiblarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha o‘z ko‘rsatma va topshiriqlarini berib kelmoqda.