“Yashil makon”: Yoshlar 12 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etyapti. Xususan, yoshlar ham bu ezgu ishda faol ishtirok etmoqda.
- Bugunga qadar viloyatimiz yoshlari tomonidan 12 ming 180 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, - deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Husan To‘xtayev. – Hududlarda ekilgan ko‘chatlar bo‘yicha ma’lumotlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritilib, daraxtlar parvarishiga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Shuningdek, loyiha doirasida daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, unda volontyorlar va faol yoshlar uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda. Jumladan, aksiya doirasida Jomboy tumani Zarafshon mahallasida 600 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi va bu joyni keyinchalik “Yoshlar bog‘i”ga aylantirish rejalashtirilgan.