Yashil rang siri
Keyingi paytda “Napoleon Bonapartning o‘limiga uning Avliyo Yelena orolidagi xonasi devori yashil oboy bilan qoplangani sabab bo‘lgan”, degan taxmin ilgari surilyapti. Bir qarashda kulgili tuyulgan bu taxminga jiddiy qaralsa, haqiqatga yaqinroq ekani anglashiladi. Faqat uning halokatli ta’sirini isbotlash uchun uzoq yillar zarur bo‘ldi.
XIX asrda Yevropa mamlakatlarida “Parij yashili“ deb nom olgan bu rangga dalil bo‘lib quyidagi voqea xizmat qiladi: “1861 yilda London hududlaridan birida yashovchi g‘isht teruvchi usta Rechard Terner degan kimsaning kenja qizalog‘i og‘ir kasalga chalinadi. Baxtiqaro ota sevimli kichkintoyini davolash uchun ingliz poytaxtidan dong qozongan mashhur vrach Tomas Ortonni taklif qiladi. Ustaning qashshoq xonadoniga kirar ekan, doktorni xona devori o‘sha vaqtda urf bo‘lgan yashil mato bilan qoplangani, hatto mebellar ham yashilligi hayron qoldiradi. Negaki, bu jihozlar arzon emasdi. Usta keyingi paytlarda yaxshi ishlab topayotgani, shuning uchun o‘z uyi ko‘rinishini o‘zgartirishga jazm qilganini aytdi. Yashil rang bolalariga juda yoqar ekan.
Ammo doktor Orton bu xonadonga tashrif buyurganida ustaning uch farzandidan faqatgina kenja qizi tirik qolgandi. Ikkitasi esa allaqanday noma’lum kasallikdan vafot etgandi. Baxtsiz go‘dakni Orton davolay olmadi, biroq yashil rang doktorni shubhasini tasdiqladi.
“Yashil urf” tarixi 1775 yil boshiga borib taqaladi. Shved kimyogari Karl Vilgelm Sheyeli hali Yevropada bo‘lmagan yashil buyuk formulasini kashf qiladi. Tez orada yashil rang Yevropada mashhur bo‘lib ketadi. U ayniqsa, Fransiyada badavlat oilalar ramziga aylanib, “Parij yashilligi” degan nom oladi. Ammo “Sheyeli bo‘yog‘i” o‘ta zaharli bo‘lib, organizm uchun xatarli edi. U uzoq vaqt davomida asta-sekin odamlarni zaharlar edi.
Taxtdan ag‘darilgan imperator Napoleon Bonapart Avliyo Yelena oroliga surgun qilingach, xonasi devorlarini ana shu zaharli yashil oboy qog‘ozi bilan qoplash buyurilgandi...
Rus tilidan T.Shomurodov tarjimasi.