Yil boshidan eng ko‘p xorijiy pul o‘tkazmalari Samarqand viloyatiga kelib tushgan
Davlat Statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining nominal o‘sish sur’ati 109,2 foizni tashkil etdi.
Aholining umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,8 foiz punktga tushib, 13,6 foizni tashkil etdi.
Ushbu daromadlarning o‘zgarishi aholi umumiy daromadlari nominal qiymatining 1,3 foizga o‘sishini ta’minlab berdi.
Hududlar bo‘yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining ulushi:
➖ Samarqand viloyati – 20,3 %
➖ Xorazm viloyati – 20,1 %
➖ Andijon viloyati – 18,5 %
➖ Qoraqalpog‘iston – 17,3 %
➖ Surxondaryo viloyati – 17,1 %
➖ Namangan viloyati – 15,8 %
➖ Qashqadaryo viloyati – 14,8 %
➖ Farg‘ona viloyati – 14,5 %
➖ Buxoro viloyati – 13,9 %
Qolgan viloyatlarda aholi daromadi tarkibida xorijiy pul o‘tkazmalari 10 foizdan kam miqdorni tashkil qilmoqda. Xususan, xorijiy o‘tkazmalar eng kam bo‘lgan hudud bu Navoiy viloyati – 4,2 %, Toshkent viloyati – 5,2 %, Jizzax – 6,9 % va Toshkent shahri – 9,4 %.