Yilning eng yaxshi adliya xodimi hamda bo‘limi Samarqandda aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Samarqandda o‘tkazilayotgan “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” hamda “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi" Respublika ko‘rik-tanlovi yakuniga yetdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent viloyati adliya boshqarmasining ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Umid Mirshayev qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi bosh maslahatchisi Isatay Aldabergenovga, uchinchi o‘rin Andijon viloyati adliya boshqarmasi huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A’zamjon Erkinovga nasib etdi.

“Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar adliya bo‘limi, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani adliya bo‘limi, 3-o‘rinni Samarqand viloyati Narpay tumani adliya bo‘limi egalladi.