Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilar va piyodalarni ogohlantiradi!
Hurmatli haydovchilar!
Shu kunlarda respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa haydovchilar va piyodalar uchun bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarib, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shularni inobatga olib, Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, shu bilan birga piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta xushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi.
Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.