Yong‘inda qurbon bo‘lgan o‘ninchi qurbonning shaxsi aniqlandi
- 22.01.2020 11:57
- 517
- Hodisa
Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan o‘ninchi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastidagi yong‘inda 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi.
Tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida so‘nggi o‘ninchi hamyurtimizning shaxsiga aniqlik kiritildi:
Zokirov Muhammadali Zokir o‘g‘li, 1998 yilda tug‘ilgan (Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).
Kecha to‘qqiz nafar qurbonning shaxsiga aniqlik kiritilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa