Yoqutistonliklar kuyani ko‘paytirmoqchi

Rossiyalik olimlar plastika bilan oziqlanadigan alohida kuya turini yaratmoqchi.
Ayni paytda “Yakutiya” texnoparkining biotexnologiya laboratoriyasida ish olib borilmoqda. Loyiha katta mum kapalagi fermenti yordamida plastikani eritib yuborishga qodir suyuqlik yaratishni ko‘zda tutadi. Ushbu kapalak hammaga tanish kuyaning qarindoshi hisoblanadi. Evolyusiya davomida u polietilen kabi polimerlarni, hatto paketlarni hazm qilish qobiliyatini hosil qilgan. 100 ta kapalak qurt 10-12 soatda 100 gramm plastikani yeydi. Hasharotning DNKsini o‘rganish orqali olingan suyuqlik plastik chiqindilarga sepiladi va ulardan xalos bo‘linadi. Olimlar buning uchun, avvalo, kuyaning minglabdan milliontagacha bo‘lgan onalik koloniyasini yaratishni rejalashtirmoqchi.
***
Auksionda josuslik jihozlari
AQShda sovuq urush davridagi josuslik jihozlari auksionga qo‘yildi.
Ular orasida pomada lab bo‘yog‘i ko‘rinishdagi ixcham, “o‘lim bo‘sasi” to‘ponchasi, shifrlovchi sovet “Fialka” mashinkasi, ichiga plyonkali fotokamera o‘rnatilgan ayollar sumkachasi – jami 300 dan ortiq josuslik buyumlari bor. Ularning egasi DHQ (KGB) josusligi Nyu-york xususiy muzeyi sohibidir.
***
Kiyim va poyabzal narxi kamida 30 foizga oshadi
Rossiya ichki bozorida kiyim-kechak va poyabzal import ulushi 60-75 foizni tashkil etadi.Uning asosiy qismi Osiyo mamlakatlari ko‘proq Xitoydan yashirincha keltirilayotgan arzon tovarlardir. Bu mamlakat ichki ishlab chiqarish hajmidan 1,5 barobar ko‘pdir.
Rossiya fabrikalari asosan tikish bilan shug‘ullanadi. Ip va gazlamani esa chetdan olib keladi. Shu bois tannarx qimmatlashib, buyumlar narxi oshishiga sabab bo‘lmoqda. Aholi real daromadlari esa bunday xarajatni ko‘tara olmaydi.
“AiF” (2020 yil 46-son) gazetasidan T.Shomurodov tayyorladi.