Yuk avtomobillari to‘qnashib, yo‘lovchilardan biri vafot etdi

Joriy yilning 3 sentyabr kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan o‘tuvchi 4R38 “Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy” avtomobil yo‘lining 31-kilometrida haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan E.H. “Foton” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda, “Foton” rusumli yuk avtomobili yo‘lovchisi, 33 yoshli J.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yo‘lovchisi 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.