Yuqori bosimli quvurda favqulodda nosozlik bo‘lgani sabab Samarqand shahridagi ayrim hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi

Samarqand suv ta’minoti MChJ iste’molchilar diqqatiga ogohlantirish e’lon qildi.

"30 may kuni Samarqand shahrini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Cho‘pon-ota” suv inshooti hududida diametri 1000 mm bo‘lgan yuqori bosimli magistral ichimlik suvi quvurida favqulodda nosozlik (avariya) sodir bo‘lganligi sababli shaharning quyidagi hududlarida ichimlik suv ta’minoti to‘xtatiladi:

Sadriddin Ayniy ko‘chasi, Usto Umar Jo‘raqulov ko‘chasi, Panjikent, Gulobod, Termiz ko‘chalari, Frunze ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar (Amir Temur), Mo‘liyon, Lolazor, Mikrorayon A va B hududlari, Salim Buxoriy, O‘zbekiston, Otaxo‘jayev ko‘chalari, Sartepa maskani, Mir Said Baraka, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy, Zarafshon shoh ko‘chasi, Dahbed, Navbog‘chiyon, "Ko‘l" MFY, Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari qisman va yuqorida ko‘rsatilgan manzillarga tutashgan hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Suv ta’minotining qayta tiklanishi haqida aholiga qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Korxona tomonidan ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarda avtotsisternalarda suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Telefonlar: 66-233-18-21, 95-411-18-21", deyiladi korxona xabarida.