Zamonaviy dunyoda taqiq: spirtli ichimliklarni sotish qaysi davlatlarda mumkin emas?
Dunyoning ko‘plab davlatlarida spirtli ichimliklarni sotish va iste’mol qilish taqiqlangan. Masalan, Shvetsiyada yakshanba kunlari alkogol sotilmaydi, ayrim boshqa davlatlarda bo‘lsa spirtli ichimliklar umuman taqiqlangan. Spirtli ichimliklar taqiqlangan 10 ta davlatni e’tiboringizga taqdim etamiz.
Pokiston
Pokistonliklarga spirtli ichimlik ichish mumkin emas, biroq mamlakatda Buyuk Britaniyadan keltirilgan sifatli spirtli ichimlik bilan ta’minlaydigan 60 ga yaqin do‘kon mavjud. Hatto bir shisha ichimlik olish uchun ikkita qat’iy shartni bajarish kerak bo‘ladi – musulmon bo‘lmaslik va spirtli ichimlik sotib olishga Pokiston hukumati tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma olish.
Yaman
Diniy qarashlar tufayli yamanliklar spirtli ichimlikni sotishni ham ichishni ham qat’iyan man qilishgan. Aden va Sana shaharlari bundan qisman mustasno: mamlakatning bu hududida spirtli ichimlik sotilishiga ruxsat berilgan ayrim mehmonxona, restoran va tungi klublar faoliyat ko‘rsatadi.
Muhim: Turistlarga o‘zlari bilan birga cheklangan miqdorda ichimlik olib kirishga va uni faqat uyda yoki mehmonxona xonasida ichishga ruxsat beriladi.
BAA
Birlashgan Arab Amirliklarida spirtli ichimlik sotishga belgilangan qat’iy tartib bilan ruxsat beriladi – mehmonxonalarga, restoranlarga va boshqa joylarga, agar sotuvchida bu faoliyatni olib borishga ruxsat berilgan litsenziya mavjud bo‘lsa. Sharji shahrida qat’iy taqiq amal qiladi. Ruxsatnoma sohiblari spirtli ichimlikni faqat o‘z uylarida ichishlari mumkin. Jamoat joyda sotib olish, sotish yoki iste’mol qililish darra urish, qamoq yoki boshqa jazoga sabab bo‘ladi.
Muhim: Musulmon emaslar barlarda, mehmonxonalarda yoki o‘z uylarida ichishlari mumkin. Shuningdek, turistlarga o‘z ehtiyojlari uchun cheklangan miqdorda o‘zlari bilan spirtli ichimlik BAAga olib kirishga ruxsat beriladi.
Quvayt
Mehmonlar ham, Quvayt aholisi ham jamoat joyda spirtli ichimlik ichisholmaydi. Agar turist ichimlik ichishni judayam xohlasa, unga bu ishni mehmonxonada qilishga ruxsat beriladi. Mast holda rulga o‘tirganlarni esa qamoq jazosi bilan jazolashlari mumkin.
Liviya
Bu yerda hech kimga ichish mumkin emas, shu qatorda turistlarga ham. Davlatning qahrli qonuniga binoan spirtli ichimlikni ishlab chiqarish va sotish yoki iste’mol qilish qamoq jazosi bilan jazolanadi. Biroq bunga qaramasdan bu yerda qora bozor faoliyat ko‘rsatadi.
Maldiv orollari
Maldiv orollarida juda ko‘p turistlar mavjud, ammo tub aholi uchun bu yerda spirtli ichimlik butunlay taqiqlangan. Sotishga faqat dam olish maskanlari va bir necha mehmonxonalarga ruxsat berilgan, shu bilan birga mijozlarda spirtli ichimlik ichish uchun maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak.
AQSh
XX – asrning 20 – chi 30 – chi yillarida AQShda spirtli ichimlik iste’mol qilish barchaga taqiqlangan. Hozirgi kunda ayrim shtatlarda cheklov mavjud: Texasning ayrim mintaqalarida, Alyaskaning 83 ta mintaqasida va Missisipining deyarli yarmida. Bu yerda mijozlar do‘konlardan pivo, viski va boshqa spirtli ichimliklar olishmaydi, chunki ichimlik bu yerlarda shunchaki savdo rastalarida yo‘q.
Somali
Spirtli ichimlik ishlab chiqarish va iste’mol qilish somaliliklarga qat’iyan man etiladi. Mehmonlar va mumsulmon emaslar faqat o‘zlarining uylarida ichishlari mumkin, aks xolda qattiq jazoga tortiladilar.
Hindiston
Hindistonda spirtli ichimlikni saqlashni va iste’mol qilishni davlat nazorat qiladi:
Nagalend, Bixar va Madxya – Pradesheda – spirtli ichimlik butunlay taqiqlangan, sotish ham iste’mol qilish ham.
Lakshadvipe, Kerale va Manipurda – ayrim shtatlarda ta’qiqlangan.
Boshqa shtatlarda ta’qiq yo‘q.
Saudiya Arabistoni
Bu mamlakatda barchasi taqiqlangan – olib kirishdan tortib jamoat joyda va boshqa joylarda iste’mol qilishgacha. Ushbu qonunni buzgan fuqaroni darra urish va qamoq jazosi kutadi.
Bekzod Musurmonov tarjimasi.