Zamonaviy dunyodagi g‘alati xurofotlar
Ko‘pchilik tuzni to‘kib yuborish yoki yo‘l bo‘ylab yugurayotgan qora mushukni ko‘rish bu falokat alomati deb chin dildan ishonadi. Dunyodagi har bir davlat va xalqlarning o‘ziga xos va faqat ma’lum odamlar guruhlariga tanish ko‘plab xurofotlar bor. Ularning ba’zilari shunchalik g‘alatiki, siz faqatgina yelka qisib, bunga qanday munosabat bildirishni bilmay ham qolasiz.
Germaniya
Germaniyada bayramlarda ishtirok etayotib, stakaningizdagi qadahni boshqa birov bilan urishtirish mumkin emas. Hatto biror kishi nutq so‘zlasa ham stakanni stolga qo‘yish kerak. Mabodo qadahni tegizdirib qo‘ysangiz, u niyat bildirilgan odamga o‘lim tilaganingizni anglatadi.
Yaxshisi Germaniyada bayramlarda qo‘lingizga stakanda suv yoki sharbat tutmaslik ma’qulroqdir. Birdaniga esingizdan chiqarib qo‘yib atrofingizdagilarni xafa qilish ehtimoli bor.
Ispaniya
Turmushga chiqmagan ispan ayollari qo‘lida supurgi bor odamlardan o‘lguday qo‘rqishadi. Negaki, supurgi tasodifan oyoqlaringizga tegib ketguday bo‘lsa, bu butun umringiz davomida yolg‘iz qolishingizni xavfi ostida qolib ketishingizni anglatadi. Bundan tashqari, ispanlar oyning muvaffaqiyatsiz kuni deb hisoblanadigan 13 sanasi seshanba kuniga to‘g‘ri kelgan kunida hech bir ish qilmaydi.
Xitoy, Yaponiya, Koreya
Bu mamlakatlarda 4 raqamini yoqtirishmaydi. Gap shundaki, ulardagi “to‘rt” va “o‘lim” so‘zlarining talaffuzi deyarli bir xil. Shuning uchun binolarda to‘rtinchi qavat, liftlarda 4 raqami yo‘q, kvartiralar yoki uylarni raqamlashda “to‘rt”dan foylanamaslikka harakat qilishadi. Hatto kasalxonalarda 4 raqami har qanday ko‘rinishda taqiqlangan.
Koreyslar ventilyatorlardan qo‘rqishadi. Har bir koreys kechasi yoqib qo‘yilgan ventilyator o‘limga olib kelishiga amin.
Xitoyda esa ugra (ugra oshi)ni tishlab yemaydi yoki likobchada kesishmaydi. Uzun ugra uzoq umr degani, shu sababli hammasini og‘zingizga solib, so‘ng chaynash kerak.
Yaponiyada esa momaqaldiroq paytida hamma darhol qorinni yopadi. Aks holda “momaqaldiroq xudosi kindikingizni o‘g‘irlab ketadi”.
Daniya, Gollandiya, Shvetsiya
Agar Stokgolmda biror bir qiz to‘sadan oldingizga uchib kelib, sizdan uning yelkasini silab qo‘yishni so‘rasa, qo‘rqmang. U shunchaki tasodifan “A” harfi bo‘lgan kanalizatsiya lyukini bosib qo‘ygan. Gap shundaki, Shvetsiyada “K” harfi bo‘lgan kanalizatsiya quduqlari bu quduq ostida toza ichimlik suvi borligini, “A” harfi tushirilgan lyuklar ostida esa iflos kanalizatsiya suvlari oqishini bildiradi. Tegishincha, bo‘lajak sevgi ham yoki toza yoki iflos bo‘lishi mumkin. Yelkasidagi uchta urilgan zarba qizdagi la’natni olib tashlashi mumkin.
Daniyaliklar singan idishlarni tashlamaydi. Yil davomida singan chinni qanchalik ko‘p to‘plansa, keyingi yil shunchalik yaxshi keladi, deb ishoniladi. Yangi yil soati jom urganidan keyingina siniqlar tashlanadi.
Gollandiyada ziyofat paytida qilinadigan eng yomon narsa qo‘shiq kuylashdir. Belgiga ko‘ra, ovqat paytida qo‘shiq aytish baxtsizlik keltiradi, chunki bu shaytonga minnatdorchilik bildirishni anglatar ekan.