Zangiota tumanida ham 10 000 o‘ringa mo‘ljallangan "Maxsus shifoxona" qurilmoqda (foto)

Yurtimizda koronavirus pandemiyasining oldini olish va xavfni to‘g‘ri  baholagan holda barcha choralar ko‘rilyapti.

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ham 10 000 o‘ringa mo‘ljallangan «Maxsus shifoxona» qurilishi jadal olib borilmoqda.

Aprel oyining uchinchi o‘n kunligida 1 000 o‘rinli blok ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ish ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, 2 000 dan ortiq quruvchi, 600 dan ortiq texnika jalb qilingan.