Zarafshon daryosidan tunda shag‘al qazib olayotganlar aniqlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, boshqarmaning Bulung‘ur tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tungi reyd o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining muhofaza qismidan bir necha nafar fuqarolar o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi yordamida qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga ortib berayotganligi aniqlandi.

Aytilishicha, huquqbuzarlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 3 mln so‘m miqdoridan jarimalar belgilangan.