@zarafshonbot ga murojaat: Kambag‘alni tuyani ustida ham it qopadi(mi?)

Hozirgi holatimiz shu maqolni yodga soladi. Negaki, Samarqand shahrida joylashgan "Ishga marhamat” monomarkazida kasbga o‘qiyapmiz. Tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan berilgan yo‘llanma bilan bu yerga yuborilgandik.
Yo‘llanmada stipendiya belgilangan. Bu 560 ming 475 so‘mni tashkil etadi. Ammo 3 oydan buyon stipendiya berilmayapti.
Vaholanki, bu yerda kasb o‘rganayotganlar "Ayollar daftari", "Temir daftar"da ro‘yxatda turadi. Shuning o‘ziyoq biz kabilarning iqtisodiy qiyin ahvolda yashayotganimizni bildiradi. Kunlik xarajatlarni ushbu stipendiya bilan o‘tkazaman, deb kasb o‘rganayotganlarning ahvolini o‘zingiz tasavvur qilavering.
Hayronmiz, yo‘llanmada stepindiya ko‘rsatilgan bo‘lsa nimaga to‘lab berilmayapti? “Daftar”larga kiritilgan kam ta’minlanganlarni sarson qilish qanchalik to‘g‘ri?
M.Qo‘shimova,
G. Tuyjonova,
M.Mamarajabova, jami 8 imzo.
***
P/s: Bu masalaga tegishli mutasaddi idoralar, xususan, prokuratura organlari oydinlik kiritib, tegishli javob yo‘llashini so‘raymiz.