@zarafshonbot ga murojaat “Samarqand suv ta’minoti” MChJ rahbarlari e’tiboriga!

Qirq yildan buyon ariqdan suv ichamiz, toza ichimlik suvi yo‘q. O‘tgan yil fevral oyida viloyat hokimi tumanimizda sayyor qabul o‘tkazganda shu masalani aytganimizda hokim “Samarqand suv ta’minoti” korxonasiga muammoni hal etish bo‘yicha topshiriq bergandi. Afsuski, pandemiya tufayli o‘tgan yil bu ish amalga oshmadi. Bu yil yana turli idoralarga murojaatimizdan so‘ng, mart oyida ishlar boshlandi. Elektr tarmoqlari korxonasi artezian qudug‘i uchun alohida tarmoq tortib berdi. Tuman hokimligi suv minorasi qurib berishni o‘z zimmasiga olgan. Burg‘ulash va nasos o‘rnatish ishlarini “Samarqand suv ta’minoti” MChJ bajarishi kerak ekan. Ammo 1 apreldan buyon burg‘ulash texnikasi ishlayotgan bo‘lsa-da MChJ vazifasini bajarmayapti. Tumanga murojaat qilsak, bu ish viloyat bilan bitadi, deyishdi.

Nima bizning 40 yillik orzuimiz bu yil ham armon bo‘lib qoladimi? Ayting, mutasaddilar, yana qayerga, kimga murojaat qilaylik?

Bulung‘ur tumani Esonturdi mahallasi Beshbola qishlog‘i aholisi.