Zarnews.uz’ga murojaat: Transformatorimizdan o‘t chaqnab, yong‘in sodir bo‘lyapti – mutasaddilar esa bunga e’tiborsiz
Qo‘shrabot tumanining Qoratosh mahallasi, Sho‘rcha qishlog‘idan murojaat qilyapman.
Qishloq aholisi xonadonlariga elektr energiyasi uzatuvchi transformator qutisi eshigi shamolga ochilib, simlarga tegishi tufayli o‘t chiqyapti va bot-bot yong‘in sodir bo‘lmoqda. Oqibatda transformator tevarak-atrofidagi xas-xashaklar, aholi tomorqalariga tortilgan suv nasosi shlanglariga zarar yetyapti.
Yong‘inni har safar o‘zimiz o‘chiryapmiz. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i X.Mavlonov hamda idoraning dispetcherlik xizmatiga bir necha marta murojaat qildik. Lekin natija bo‘lmayapti. Ular Jo‘sh podstansiya boshlig‘i A.Xidirovga buyuradi, lekin bu kishim boshliqning buyrug‘iga bo‘ysunmaydi.
Transfarmator qutisi eshigi hamon ochiq holda turibdi. O‘zimiz yopib, mahkamlab tashlay, desak, jon shirin. Shamol to‘rsa, yuragimizni hovuchlab o‘tiramiz.
Tuman elektr ta’minoti korxonasi mutasaddilari ushbu transformatorning boshqa bir ko‘ngilsiz voqeani sodir etmasligiga kafolat bera oladimikan?
Mahalla fuqarolari nomidan Ne’matulla MATAYeV.