Ziddiyatli vaziyatlarda jurnalist qanday yo‘l tutishi kerak?
- 08.10.2020 13:58
- 440
- Samarqand

Ayni paytda Samarqand shahridagi “Registon” mehmonxonasida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan “Ziddiyatli vaziyatlarda jurnalistika” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Yevropa Ittifoqining “OAVning jamiyatda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi roli” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda jurnalistlar, hokimlik va korxona-tashkilotlarning axborot xizmati xodimlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etmoqda.
- Treningni o‘tkazishdan maqsad dunyoda sodir bo‘layotgan turli xil nizolarga qarshi jurnalist va blogerlarning sog‘lom pozitsiyasini shakllantirish, - deydi O‘zbekiston jahon tillari universiteti jurnalistika fakulteti dotsenti Nargis Qosimova. - Xususan,trening davomida terrorizm, zo‘ravon va diniy ekstremizmning kuchayishi oqibatida yuzaga kelayotgan ziddiyatli holatlarda jurnalistlarning faoliyati, ularning xalqaro va milliy maydondagi huquqiy himoyasi, ziddiyatli axborot va uning shakllari, internet OAVda ziddiyatlarni yoritish, gumanitar axborotni tarqatishda OAVning roli, yolg‘on axborotni tekshirish usullari kabi masalalarni interaktiv tarzda o‘zlashtirib, bu boradagi salohiyatlarini oshiradilar.
To‘lqin Siddiqov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa