Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 58 ta bozor ish faoliyatini boshladi

Aholini kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida karantin davrida ham viloyatimizdagi dehqon bozorlari faoliyatida deyarli cheklovlar kuzatilmadi. Faqat buyum bozorlari ishida uzilish bo‘ldi.

Karantin choralarining yumshatilishi bilan 15 avgustdan boshlab viloyatimizdagi 58 ta dehqon hamda buyum bozorlari va savdo majmualari kirish joylari dezinfeksiya yo‘lagi, antiseptik vositalar bilan ta’minlanib, bozorlar faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Niqob taqmagan fuqarolar bozorga kiritilmasligi choralari belgilandi.

Do‘konlarga kirish joylari, eshiklariga plyonkalar o‘rnatilib, doimo dezinfeksiyalab turilmoqda, savdo majmualarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi nazorat qilinmoqda. Bozorlar va savdo komplekslari hududida radiouzellar orqali aholini sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondoshishga chorlaydigan da’vatlar berib borilmoqda. Bozorlar va savdo komplekslarida sanitariya kunlari hududlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan kunlarda, kuchaytirilgan tartibda tashkil etilishi belgilangan.

Akmal QUDRATOV,

Samarqand viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi raisi o‘rinbosari.