Osiyo chempionati-U23:O‘zbekiston «Xitoy devori»ni «buza oladi»mi?
- 12.01.2020 17:44
- 193
- Sport
Ochig‘i, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sarlavhadagi gaplar, fikrlar, taxminlar ko‘paydi. Bu bejiz emasligini hozirgina Songhlada Eron va Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlangani, unda Janubiy Koreya 2:1 hisobida g‘alaba qozonib muddatidan avval pley-off masalasini hal qilganidan yaqqol ko‘ryapmiz.
Ha, ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Yana sanoqli daqiqalardan keyin, aniqrog‘i, Toshkent vaqti bilan 18:15 da O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi.
Janubiy Koreya ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6 ochko to‘plab pley-offga chiqdimi, demak, ikkinchi bo‘lish uchun bugun yosh futbolchilarimiz faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlari kerak.
Keling, o‘yinni birga kuzataylik, yigitlarga omad, g‘alaba tilaylik!
Olg‘a, O‘zbekiston!