Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tunggi reyd: Tir-parkda 22 nafar yengil tabiatli ayol ushlandi

Samarqand viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan Oqdaryo tumani hududida joylashgan “Delnatali trans”, “Aqsoylar” va “Timur servis” nomli tir-parklarda tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, viloyatning shahar-tumanlaridan hamda boshqa viloyatlardan kelgan 22 nafar yengil tabiatli ayollar chet el fuqarolari, ya’ni avtoturargohlarda dam olish maqsadida to‘xtagan fuqarolar bilan avtomashina kabinalarida yaqin aloqada bo‘lgan vaqtida ushlangan.

- Bu ayollar Oqdaryo tuman IIBga olib kelindi, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasi tartibida ma’muriy bayonnomalar tuzildi, - deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Sh.Normatova.

Reyd davomida qo‘lga olingan ayollar doimiy yashash manzillari bo‘yicha hududiy hokimliklarning xotin-qizlar qo‘mitalari hamda mahalla faollari va yaqin qarindoshlari o‘rtasida muhokama qilish uchun jo‘natilgan. Shuningdek, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, kelgusida shu kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi nazoratga olingan.

Farhod NORBO‘TAYeV.