Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Zarafshon” milliy bog‘ida hayvonot bog‘i ham faoliyat boshladi

Ekoturizmni rivojlantirish, flora va faunaga qiziquvchi sayyohlar uchun ekoyo‘nalish tashkil etish maqsadida “Zarafshon” milliy bog‘i yangi turdagi hayvonot turlari bilan to‘ldirildi. Hozirda mazkur bog‘da 20 turdagi hayvonlar mavjud. Ushbu maskanda ayiq, bo‘ri, yo‘lbars, turli ilonlar, tuya, maymun va boshqa hayvonlarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, yaqin kunlarda bunga qo‘shimcha yangi turdagi hayvonlarni olib kelish rejalashtirilgan.

Hayvonot bog‘i sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. Hayvonot bog‘iga soat 9:00 dan 18:00 gacha tashrif buyurish mumkin.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.