Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oksford vaksinasi samaradorligi ma’lum bo‘ldi

AstraZeneca Britaniya-shved kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan ishlanayotgan AZD1222 vaksinasining o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 70 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda farmatsevtika kompaniyasi saytida xabar berilgan.

Sinovlarda vaksina yuborishning ikki usuli qo‘llanildi. Birinchi holatda 2,7 mingdan ortiq kishiga AZD1222 vaksinasining dastlabki yarim dozasi, bir oy o‘tgach esa to‘liq dozasi qilindi va samaradorlik 90 foizni tashkil etdi. Bir oylik farq bilan ikkita to‘liq dozani qo‘llash usuli 9 ming kishida sinovdan o‘tkazildi va natija atigi 62 foizni tashkil etdi. Dozalashning har ikki rejimining birlashgan tahlili o‘rtacha 70 foiz samaradorlik ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, tadqiqotlar davomida, ikki doza vaksina olgach, koronavirusdan himoya 14 kun o‘tgach paydo bo‘lishi aniqlandi. AZD1222 sinovi ishtirokchilarida kasallikning og‘ir holatlari qayd etilmadi.

Sentyabr oyida tadqiqot ishtirokchisidan biri ko‘ndalang miyelit (umurtqa pog‘onasi yallig‘lanishi) bilan kasallanganidan so‘ng AstraZeneca COVID-19 vaksinasi sinovlarini to‘xtatib qo‘ydi. Keyinchalik, oktyabr oyida AstraZeneca vaksinasi milliy sinovlarining ko‘ngilli qatnashchilaridan birining o‘limi haqida ma’lum bo‘ldi. Test ishtirokchisi platsebo (dori shaklida tayyorlangan, hech qanday shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lmagan zararsiz modda) olgach, kompaniya sinovlarini davom ettirgan.

G.XOLDOROVA tayyorladi.