Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq boshqarmasining “Ishonch telefoni”ga nechta murojaat kelib tushdi?

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarda “Ishonch telefoni” muhim ahamiyat kasb etyapti.

Joriy yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefoni” orqali 130 ta murojaat kelib tushdi. Jumladan, 7 ta murojaat yuridik shaxslardan, 123 ta murojaat jismoniy shaxslardan qabul qilingan.

Murojaatlarning aksariyati qaysi yo‘nalishlarga taalluqli?

Xususan, hisob-kitob terminal apparatini ishlatish holatlari bo‘yicha tushgan murojaatlar soni 28 tani tashkil qilmoqda. Shuningdek, nazorat-kassa mashinasi cheki, kvintansiya, chipta, talon yoki chekka tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni bermaslik holatlari bo‘yicha 39 ta murojaat kelib tushdi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.