Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

100 mingga yaqin qalbaki dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada Buxoro shahrida katta miqdordagi qalbaki xorij valyutasining savdosi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonga yashirincha olib kelingan soxta chet el valyutasini Toshkent shahrida yashovchi T.X. va T.M. sotish maqsadida Buxoro shahriga olib borgan. Ular qalbaki 88 450 AQSh dollarini 34 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, ularning yonida yana 10 050 soxta AQSh dollari borligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davomida jami 98 500 qalbaki AQSh dollari musodara qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.