Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

114 ming 884 nafar abituriyent Samarqand viloyatidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun ariza topshirdi

1 million 66 ming 925 nafar abituriyent 2019-2020 o‘quv yili uchun respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirdi.

Shundan:

Kunduzgi ta’lim shakliga - 718 ming 97 nafar;

Kechki ta’lim shakliga - 13 ming 822 nafar;

Sirtqi ta’lim shakliga - 335 ming 7 nafar;

Shu oyning 15 iyuliga (18:00) qadar abituriyentlarning 114 ming 884 nafari Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Jumladan:

  1. Samarqand davlat universitetiga – 72 ming 556 nafar;
  2. Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 10 ming 172 nafar;
  3. Samarqand davlat chet tillar institutiga – 7082 nafar;
  4. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 8029 nafar;
  5. Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 5579 nafar;
  6. Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga – 5920 nafar;
  7. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 2617 nafar;
  8. "Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga – 1905 nafar;
  9. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 1024 nafar.

Eslatib o‘tamiz, bugun - 16 iyuldan boshlab abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.