Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

122 mamlakat koronavirusning kelib chiqishi bilan bog‘liq tekshiruvlar o‘tkazilishi tarafdori

Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, bunday tashabbus bilan dastlab Yevropa Ittifoqi davlatlari chiqdi. YeI mamlakatlari “sinchkovlik bilan o‘rganish va tekshiruvlar o‘tkazilishini” taklif etmoqda.

Xitoy hukumatining koronavirusga aloqadorligi to‘g‘risidagi farazlar, taqdim etilgan hujjatda ko‘rsatilmagan. Taklif tez orada Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga taqdim etilishi kutilmoqda. Hujjatga imzo chekkan davlatlar hissiyotga berilmasdan, bosqichma-bosqich, mustaqil va shaffof tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda.

Mazkur masala bo‘yicha so‘nggi ovoz berish jarayoni 19 may kuni o‘tkaziladi. Ayni vaqtgacha 122 davlat ushbu taklifni ma’qulladi.

AQSh va Xitoy hukumatlari tomonidan mazkur masalaga hozircha izoh berilmadi.