Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

15 avgustdan hamma narsa o‘rtacha 18 foizga oshadi

15 avgustdan benzin, dizel yonilg‘isi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, issiqliq ta’minoti, ichimlik suvi, shuningdek jamoat transportida yo‘l haqi tariflari oshiriladi. Bu haqda Minbar xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 30 iyuldagi qarori bilan deyarli barcha yoqilg‘i-energetika resurslariga narx va tariflar o‘rtacha 18 foiz oshishi belgilangan.

Benzin

• Ai-80 narxi 4500 so‘m (hozir – 4000 so‘m, o‘sish — 12,5%),

• dizel yoqilg‘isi – 5400 so‘m (hozir 4800, +12,5%),

• dizel yoqilg‘i – 5700 so‘m (hozir 4900, +16,3%).

Gaz

Aholiga yetkazib berilayotgan 1 m³ tabiiy gazning bahosi

• hisoblagich bo‘lganda 380 so‘m (hozir – 320 so‘m, o‘sish – 18,7 foiz),

• hisoblagichsiz ovqat pishirish yoki sovuq suvni isitish uchun ishlatiladigan gazning narxi 660 so‘m (hozir – 553 so‘m, +19,3%), xonani isitish uchun esa 380 so‘m (hozir – 320, +18,7%) etib belgilandi.

Maishiy iste’mol uchun aholiga sotilayotgan bir kilogram suyultirilgan gaz narxi hozirgi 950 so‘m o‘rniga 1120 so‘m (+17,8%) bo‘ladi.

Elektr energiyasi

• Maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt•s elektr energiyasi narxi 250 so‘mdan 295 so‘mga (+18%) oshirilsa,

• boshqa toifadagi iste’molchilar uchun 450 so‘m etib belgilandi.

Avans to‘lov muddati ham 12 oydan 6 oygacha tushirildi. Keyinchalik ushbu davr 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qisqartiriladi (hozir – 6 oy).

Suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari

15 avgustdan issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlariga "rentabelligi ta’minlanishi hisobga olingan holda" yangi tariflar joriy etilishi belgilandi. Hozircha bular qanchaga o‘sishi noma’lum.

Ko‘mir

Xuddi shu sanadan boshlab «O‘zbekko‘mir» va «Sharg‘unko‘mir» tomonidan ishlab chiqariladigan va aholiga sotiladigan ko‘mirning aholi va byudjet tashkilotlar uchun amaldagi chakana narxlar 10 foizga oshiriladi.

Yo‘l haqi

Shahar yo‘lovchilar tashish transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar bundan mustasno) yangi tariflar o‘rnatiladi. Hozircha bular qanchaga o‘sishi noma’lum.

Gaz va elektr energiyasi tariflari so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabrida oshgan edi. Narxlarni 1 iyundan oshirish rejalashtirilgan (taklif qilingan tariflar tasdiqlanganidan pastroq edi), biroq muddat kechiktirilgan edi.

1 avgustdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar hajmi 10 foizga oshirildi.