Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2019 yil «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida 3 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi

2018 yilda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 59 mln AQSh dollari bo‘lgan 16 ta loyiha ishga tushirildi. Buning natijasida 690 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 148,1 mln AQSh dollari bo‘lgan 44 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 3 006 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Samarqand viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi.