Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020 yilning muhim arxeologik topilmalari

O‘tgan yili Misrda keng ko‘lamli qazish ishlari boshlandi. Bu ishlar Markaziy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda ham faol olib borilmoqda.

Albatta, o‘tgan yil ko‘plab ilmiy loyihalar to‘xtatib qo‘yildi, biroq olimlar ilgarilari topilgan eksponatlarni to‘liq tahlil qilib, muzey arxivlarini ko‘rib chiqishga ulgurdi. Natijada ko‘plab yangi kashfiyolar amalga oshirildi.

Stounxenj 2.0

Stounxenjdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, radiolokatorlardan foydalangan arxeologlar 20 chuqurdan iborat katta halqani topdilar. Xalqa diametri 2 kilometrdan oshadi. Chuqurlarning kattaligi ham hayratlanarli: diametri 10 metr, chuqurligi esa 5 metrga yetadi.

Chuqurlarning yoshi 4500 yil deb taxmin qilinadi. Ehtimol, ular muqaddas joylarga ko‘rsatma yoki aksincha, u yerga qarab harakat qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirish sifatida qazib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Olimlar o‘z tadqiqotlarini davom ettirmoqda.

Naski geogliflari orasida mushuk topildi

Peruda mushuk tasvirlangan geoglif topildi. Chizmalar deyarli eskirgan, biroq tiklash ishlari natijasida o‘yilgan asl chizmalar ko‘rina boshladi. Geoglifning uzunligi taxminan 37 metrni tashkil qiladi va miloddan avvalgi II asrda Naski geogliflarining ko‘p qismi yaratilgan vaqtdan dalolat beradi.

Meksikadagi bosh suyaklar minorasi

Meksikada 100 dan ortiq kishining qoldiqlaridan iborat “Boshsuyaklar minorasi” topildi. Bu minora Templo Mayor ibodatxona majmuasi yaqinida joylashgan bo‘lib, uning diametri 4,7 metrni tashkil qiladi. Arxeologlarning fikriga ko‘ra, u XV asr oxirida qurilgan.

- Buyuk Sompatli shubhasiz, so‘nggi yillarda mamlakatdagi zo‘r taassurot qoldiradigan topilma, - deydi Meksika madaniyat vaziri Alexandra Frausto.

Amazoniya qishloq xo‘jaligi vatani sifatida tan olindi

Amazoniya pasttekisligidagi o‘rmonlarning kichik “orol” lari o‘rganilishi bundan 10 ming yil oldin mahalliy aholi qishloq xo‘jaligi bilan faol shug‘ullanganligini ko‘rsatdi.

Tadqiqot doirasida olimlar Boliviyaning shimoliy qismidagi savannalaridagi 6 643 ta orol daraxtlarini xaritaga tushirdi va ularning ayrimlarining fitolitlardan namuna olib, o‘sha joylarda qaysi o‘simliklar o‘sganligini aniqlashdi.

Tahlillar Janubiy Amerikada dehqonchilik faol darajada bo‘lganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib keldi.

Voronej yaqinidagi mamont suyaklaridan yasalgan “chayla”

Rossiya arxeologlari Voronej oblastidagi Kostenkovo tosh davri joylaridan birida junli mamont suyaklarining rekord darajadagi tizilishi topilganligi haqida xabar berdi.

Inshoot vazifasi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Ehtimol, bu biror bir marosim bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmadir.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.