Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aka ukani ozodlikka chiqaraman deb, 9.500 dollarni firibgarga topshirgan

Jizzax viloti Zomin tumani Oqtepa mahallasida yashovchi G.G. ukasi R.Q. ozodlikdan mahrum qilingach, uni erkinlikka chiqarish tashvishiga tushib qoldi. Undan-bundan yordam so‘rab turgan vaqtida Toshkent viloyati Bekobod tumani, Oqterak mahallasida istiqomat qiluvchi M.P. o‘z “xizmati”ni taklif qildi.

Aniqrog‘i, ayol pul evaziga tanishlari orqali Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan R.Q.ni ozodlikka chiqarishni va’da qildi.

Shu tariqa, joriy yilning fevral oyida G.G. o‘z qo‘llari bilan M.P.ga 9.500 AQSh dollarini topshirdi. Ammo uka erkinlikka chiqmadi. Shu bilan birga firibgardan pulini qaytarib olishning iloji topilmadi.

Iltimoslari ish bermasligini tushungan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.