Bulung‘urda turar joy binolarini noturar mulk ob’yektiga o‘tkazib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegishli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk ob’yektiga o‘tkazib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.